Rossiya Federatsiyasi Sankt -Peterburg Politexnika universiteti “Molekulyar neyrodegeneratsiya” laboratoriyasi bilan hamkorlikda akademiya talabalariga ma’ruza bo’lib o’tdi

Bugun, 7 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Akademik litseyi majlislar zalida “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika”, “Tibbiy va biologik kimyo”, “Gistologiya va tibbiy biologiya” kafedralari va Rossiya Federatsiyasi Sankt -Peterburg Politexnika universiteti “Molekulyar neyrodegeneratsiya” laboratoriyasi bilan hamkorlikda akademiya talabalariga ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruzani Sankt-Peterburg Politexnika universiteti biotibbiyot sistema va texnologiyasi maktabi dotsenti Bol’shakova Anastasiya o‘qib berdi. Ma’ruza gen injeneriyasining hozirgi holati va istiqbollariga bag‘ishlandi. Tadbirda kafedra mudirlari, pedagoglar hamda tibbiy biologiya va biotibbiyot muhandisligi fakul’tetlari 1-2-bosqich talabalari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Fotolavxalar:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan