TALABALAR UCHUN STIPENDIYA TANLOVIGA START BERILDI

TALABALAR UCHUN STIPENDIYA

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun «REGISTON STIPENDIYASI — 2023» tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 30-aprelga qadar onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

3 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra gʻoliblar «Registon stipendiyasi sohibi» maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil maʼlumot: @registon_stipendiya_bot

TANLOV NIZOMI

Ma’lumot o‘rnida, ushbu stipendiya xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan