Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH  fakulteti dekan muovinlari N.A.Abzalova va U.Q.Safarovlar Jamoat salomatligi va menejment  kafedrasiga tashrif buyurishdi.

Kafedraga tashrif

2023-yil 6-aprel  kuni Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH  fakulteti dekan muovinlari N.A.Abzalova va U.Q.Safarov fakultetga qarashli Jamoat salomatligi va menejment  kafedrasiga tashrif buyurishdi.

Kafedra mudiri G.K.Xudaykulova bilan birgalikda kafedraning o‘quv jarayoniga taaluqli hujjatlari o‘rganildi va tavsiyalar berildi. Kafedra xodimlari bilan suhbat davomida o‘quv jarayonini  kredit-modul  tizimida tashkil etish qoidalari, kafedrada mavjud kamchilik va muammolar, talabalarning qoldirgan darslarini qayta topshirishni qat’iy nazoratga olinganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida talabalarning davomati tekshirildi. Kontrakt-to‘lovi bo‘yicha qarzdor talabalarga qarzdorligini bartaraf etish ko‘rsatmasi berildi.

Kafedraga tashrif Kafedraga tashrif

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan