Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandislig va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliev reja-jadvalga muvofiq joriy yil 10 aprel kuni Klinik modellashtirish kafedrasiga tashrif buyurdi.
Kafedra mudiri D.A.Parpibaeva va 9 nafar kafedra xodimlari (4 nafarida xorijiy til sertifikati mavjud) bilan bugungi kundagi yutuq va muammolari haqida suxbatlashildi.
Kafedrada “Klinik modellashtirish” va “Bemor xavfsizligi” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari “O‘pka auskultatsiyasi”, “Yurak auskultatsiyasi” va “Yurak-o‘pka reanimatsiyasi” amaliy ko‘nikmalarini egallashga mo‘ljallangan simulyatorlarda olib boriladi.
2-Davolash fakulteti 306abc va 307abc guruh talabalari bilan akademik qarzdorlik, qarzdorliklarni qayta topshirish, kontrakt-to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda Referendum haqida suhbat o‘tkazdi. Davomat 100%. Talabalarga baho qo‘yishda Nizomga to‘liq amal qilingan.
TTA attestatsiyasidan keyin xodimlar reja bo‘yicha ilmiy va o‘quv mahsulotlarini chop etishmoqda. Kafedra to‘garagidan 14 nafar iqtidorli talaba 2023 yilning mart oyida Talabalar ilmiy jamiyatida qatnashgan, yanvar-mart oylarida 1 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta xorijiy va 1 ta mahalliy maqola, 1 ta monografiya chop etilgan.
2023 yil davomida 2 nafar xodimning ilmiy mavzusini tasdiqlash (may), Rossomed (Tomsk) bilan hamkorlikda 8 nafar xodimni simulyatorlar bo‘yicha instruktor sifatida tayyorlash (aprel), 2 nafar xodim xalqaro konferensiyada ishtirok etishi (sentyabr) rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, fanlardan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar soni kamligi, Scopus (Web of Science) maqolalari yo‘qligi, xalqaro konferensiya o‘tkazilmaganligi, kafedraga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi 75-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, har bir xodim kafedra ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarini o‘z vaqtida chop etishi va dars jarayonlarini sifatli tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi.