«Tibbiy atamalar lug‘ati»ning taqdimoti

"Tibbiy atamalar lug‘ati"ning taqdimoti

Sog‘liqni saqlash vazirligida “Buyuk Temur va Tibbiyot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan yozuvchi va tarixchilar Sohibqironning tabib va hakimlarga bo‘lgan ijobiy munosabati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan “Tibbiy atamalar lug‘ati” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kitob Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori, professor A.K.Shadmanov tahriri ostida 10 mingga yaqin so‘zlar jamlangan bo‘lib, kitobning qulayligi boshqa tillar bilan uyg‘unligida.

Bu kitobdan sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar, oliy o‘quv yurti talabalari, ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari keng foydalanishlari mumkinligi Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda qayd etildi.

"Tibbiy atamalar lug‘ati"ning taqdimoti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan