2023-yilning 10-aprel kuni S.D.Asfendiyerov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti jamoat salomatligi kafedrasi dotsentlari A.G.Begimbetova va A.I.Anambayeva Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari bilan tanishuvdan so‘ng, kafedrada “Gigiyena”, “Atrof muhit va inson salomatligi” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs magistr talabalarning magistrlik dissertatsiyasining kafedralararo aprobatsiyasida ishtirok etdi.
Hafta davomida 2023-yilning 10 -15-aprel kunlari A.G.Begimbetova va A.I.Anambayeva belgilangan reja bo‘yicha talabalar orasida integral ma’ruza, master klasslar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.