Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof muhit gigiyenasi kafedrasining S.D.Asfendiyerov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorligi davom etmoqda.

Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti

2023-yilning 10-aprel kuni  S.D.Asfendiyerov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti jamoat salomatligi kafedrasi dotsentlari A.G.Begimbetova va A.I.Anambayeva Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari bilan tanishuvdan so‘ng, kafedrada “Gigiyena”, “Atrof muhit va inson salomatligi” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs magistr talabalarning magistrlik dissertatsiyasining  kafedralararo aprobatsiyasida ishtirok etdi.

Hafta davomida 2023-yilning 10 -15-aprel kunlari A.G.Begimbetova va A.I.Anambayeva belgilangan reja bo‘yicha talabalar orasida integral ma’ruza, master klasslar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.

 Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan