Markaz xodimlari tomonidan tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi bir zumda kitobsevar yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Kitob rastalaridan o’rin olgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar o’z muhlislarini topa boshladi. Ayniqsa Akademiya professor-o‘qituvchilarini yangi chop etilgan ilmiy asarlari, turli yo’nalishlarga oid qo’llanmalari ko’pligi talabalarni quvontirdi. Kitob va kitobxonlikni targ’ib qilish orqali talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada barqarorlashtirish, yoshlar ongiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kеng ko’lamli islohotlar mohiyati, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishdan iborat.