N.A.Abzalova va U.Q.Safarov fakultetga qarashli ijtimoiy fanlar kafedrasiga tashrif buyurishdi.

2023-yil 11-aprel kuni Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti dekan muovinlari N.A.Abzalova va U.Q.Safarov fakultetga qarashli ijtimoiy fanlar kafedrasiga tashrif buyurishdi.

Kafedra mudiri S.D.Norqulov bilan birgalikda kafedraning o‘quv jarayoniga taaluqli hujjatlari o‘rganildi va tavsiyalar berildi.

Kafedra xodimlari bilan suhbat davomida o‘quv jarayonini  kredit-modul  tizimida tashkil etish qoidalari, kafedrada mavjud kamchilik va muammolar, talabalarning qoldirgan darslarini qayta topshirishni qat’iy nazoratga olinganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida talabalarning davomati tekshirildi. Kontrakt-to‘lovi bo‘yicha qarzdor talabalarga qarzdorligini bartaraf etish ko‘rsatmasi berildi.

Fotolavxalar:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan