Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi xodimlari tomonidan 2023-yil 18-aprelda «Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, muammolar va yechimlar» nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Laboratoriya xizmati bosh mutaxassisi Aripov Abdumalik Nigmatovich, Turkiyadan laborator diagnostika mutaxassislari, yosh olimlar va talabalar faol ishtirok etdi.