Toshkent tibbiyot akademiyasida xorijiy universitet bilan hamkorlikda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

mahorat darslari

Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi va Ostona tibbiyot universiteting Jamoat salomatligi va menejmenti kafedrasi bilan hamkorlikda TTA 2-kurs menejment fakulteti talabalari uchun «Keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat siyosati, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish» mavzusida ma’ruza va mahorat darsi o‘tkazildi.

mahorat darslari mahorat darslari

Jamoat salomatligi kafedrasi professor o’qituvchilari, shuningdek, Ostona tibbiyot universiteti mutaxassislari Turganbayeva A.K. va Duysekova S.B. tomonidan o’tkazilgan mahorat darsi qiziqarli baxs munozaralar shaklida o’tdi. Mashg‘ulotlar muhokama va o‘yinlar tarzida savol javoblarga boy bo’ldi.

Buning uchun xorijiy universitet professor – o’qituvchilariga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

mahorat darslari mahorat darslari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan