Ajdodlar me‘rosi-kelajak poydevori

«Ajdodlar me‘rosi-kelajak poydevori» shiori ostida Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash fakulteti tyutorlari hamda 103-guruh talabalari bilan birgalikda Temuriylar tarixi davlat  muzeyiga tashrif buyurildi. Muzey 1996-yil tashkil qilingan.Muzey fondining asosiy qismini Amir Temur va Temuriylar davriga oid qo‘lyozmalar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis idishlar, kitoblar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Muzeyning asosiy maqsadi Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyatning yuksak darajada taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, tarixiy yutuqlarimiz va an‘analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Talabalar bugungi tashrifdan katta taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Ajdodlar me‘rosi-kelajak poydevori Ajdodlar me‘rosi-kelajak poydevori

Ajdodlar me‘rosi-kelajak poydevori Ajdodlar me‘rosi-kelajak poydevori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan