Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.K.Shadmanov Vengriya delegatsiyasi, tashqi ishlar vaziri, janob Peter Szijarto bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Zemmelvays universiteti

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.K.Shadmanov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi ishi doirasida Vengriya delegatsiyasi, tashqi ishlar vaziri, janob Peter Szijarto bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida sog‘liqni saqlash, xususan, tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Mazkur uchrashuvning natijalaridan biri bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Zemmelvays universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘ldi.

Yaqin vaqt oralig‘ida ikki universitet oʻrtasida ikki tomonlama taʼlim dasturlarini amalga oshirish, ilmiy hamkorlik, doktoranturaga kadrlar tayyorlash kabi bir qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boshlanadi. Akademiyada xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlari davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan