Toshkent tibbiyot akademiyasi va Shveytsariyaning ginekologik endometrioz va fertillik markazi hamkor bo‘ldi

Shveytsariya

Bugun, Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Shveytsariyaning Ginekologik endometrioz va fertillik markazi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik professor Alisher Qayumovich Shadmanov va professor Jan-Mari Venger o‘rtasidagi uchrashuvda yo‘lga qo‘yildi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha ginekologiya sohasidagi dasturlarni hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillarining operativ ginekologiya, laparoskopiya va endometrioz bo‘yicha Shveytsariyada stajirovka va malaka oshirishlarini tashkil etishga kelishildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi va Shveytsariyaning ushbu yetakchi tibbiyot markazi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik O‘zbekistonda ginekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni xalqaro darajaga olib chiqadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan