Polshaning Adamed xalqaro kompaniyasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiya dasturi ko‘lami yanada oshmoqda.

stipendiya dasturi

Polshaning Adamed xalqaro kompaniyasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiya dasturi ko‘lami yanada oshmoqda. 2022-yilda TTAning alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 8 nafar iqtidorli talabalari maxsus Adamed stipendiyasi sohibi bo‘lgan. Joriy yilda Adamed tashkiloti tashabbusi bilan TTAning ilm-fan yutuqlariga ega iqtidorli talabalari uchun stipendiyalar soni 10tagacha oshirildi. Adamed stipendiyasi tanlovi TTAda ta’sis etilgan stipendiyalar tanlovi doirasida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Polshaning Adamed xalqaro kompaniyasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasida

ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va farmakologiya sohasida ilmiy sinovlarni birgalikda tashkil etish, qo‘shma o‘quv markazi, simulyatsiya laboratoriyasi va dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv xonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Hozirda kompaniya akademiyaning 10 nafarga yaqin  iqtidorli talabalariga maxsus stipendiya ajratdi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan