Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi

Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi

Тoshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakultetining Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-kurs talabalari bilan  2023 yilning 22-23-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida katta ilmiy tadbir “Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi” bo‘lib o‘tgan kongressida faol ishtirok etdilar.

Kafedra o‘qituvchilari rahbarligidagi talabalar Saparbayeva J.,Xosilova R.,O‘lmasbekov A.,Xo‘jakulov M., Mansurova K., Ilxomjanov B. va Abduraxmanova D. lar  ingliz, rus tillarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Kongress O‘zbekistonning Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, uning Termiz filiali, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti, Qozog‘istonning Jumabek Tashenov nomidagi universiteti hamda Turkiyaning IKSAD tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi.

4 Replies to “Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi”

  1. Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi (25-may 2023) maqolalar to’plami chiqdimi

  2. Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi (25.05.2023) maqolalar to’plamini qanday olsam bo’ladi. Electron variantini menga jo’natsangiz, ILTIMOS !

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan