Bugun 2-son davolash fakulteti dеkаni B.T.Xalmatova, oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari dotsent Yuldasheva D.Yu, katta o’qituvchi Nazarova D.E. Sirdaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasida bo‘ldilar.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqatda Toshkent tibbiyot akademiyasini 2022/2023 o’quv yilida bitirgan Sirdaryolik talabalari bilan Yakuniy Davlat Attestatsiya (YDA)ni o’tkazish tartibi, YDA topshriladigan fanlar hamda o’tkaziladigan vaqtlari to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda Xalmatova B.T. bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.