«Keling bir-birimizga mehr ulashaylik» deb nomlangan Hayriya tadbiri o‘tkazildi.

Keling bir-birimizga mehr ulashaylik

Toshkent tibbiyot akademiyasi «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi professor o’qituvchilari  hamda Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish  kuni munosabati bilan «Keling bir-birimizga mehr ulashaylik» deb nomlangan Hayriya tadbiri o‘tkazildi.

«O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati», Toshkent Shahar bo’limidagi tadbir timsolida yoshlarni milliy, diniy, insoniylik ruhida tarbiyalash va jajji bolajonlarga hursandchilik ulashishdek bag‘rikenglik o‘z ifodasini topdi.

Ko‘rsatilgan mehr va oqibat, ulashilgan bayramona kayfiyat, betakror sovg’alar uchun bolajonlar va ularning onalari tashkilotchilarga cheksiz minnatdorchilik izhor etdilar.

Keling bir-birimizga mehr ulashaylik Keling bir-birimizga mehr ulashaylik

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan