Ayni daqiqalarda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Turkiyaning Istanbul Mediapol universiteti bilan hamkorlikda “Kattalar va bolalarda bo‘g‘im kasalliklarini zamonaviy davolash usullari” ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.
Xalqaro tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A. Shadmanov kirish so‘zi bilan ochib mavzuga doir hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.
Anjumanga Turkiyaning yetakchi olimlaridan Istanbul Mediapol universiteti Travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri, professor Ibrahim Azboyga Toshkent tibbiyot akademiyasi faxriy professori diplomi topshirildi.
Shuningdek, professor Mehmet Bulut ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Bugungi anjumanga xususan O’zbekiston, Italiya, Germaniya va Rossiya Federatsiyasidan travmatolog ortoped olimlar ma’ruza bilan ishtirok etmoqdalar.