Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

  • to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
  • va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan