Toshkent tibbiyot akademiyasi  Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda yurak qon-tomir jarrohlarini tayyorlaydilar

Qozon davlat tibbiyot universitet

Toshkent tibbiyot akademiyasi  Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda yurak qon-tomir jarrohlarini tayyorlaydilar. Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.K.Shadmanov O‘zbekiston-Rossiya tibbiyot forumining tantanali marosimi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi to‘g‘risidagi  shartnomani imzolandi.

Mazkur hujjat yurak qon-tomir jarrohligi bo‘yicha qo‘shma klinik ordinatura dasturini amalga oshirishga asos bo‘ladi.

Ushbu shartnoma doirasida oʻquv mashgʻulotlari Toshkent va Qozon shaharlarida, Xalqaro tan olingan taʼlim dasturiga muvofiq, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universitetining yetakchi yurak qon-tomir jarrohlari rahbarligida oʻtkaziladi.

Forum doirasida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash boyicha muzokaralar davom ettirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan