Toshkent tibbiyot akademiyasida Xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarilmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Jafarov.M.M xalqaro aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish yuzasidan Koreya respublikasida bo’lib turibtilar.

Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Yonsei Prime Hospital o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga ko’ra, Professor o’qituvchilar, klinik ordinator, magistr va talabalar uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etiladi.

Ilk guruh, Iyul oyida 15 nafar talaba stajirovkaga yuborilishi rejalashtirildi.

Ma’lumot o’rnida: Yonsei Prime Hospital Ortopediya va travmatologiya, tayanch-harakat , mushak-skelet tizimi kasalliklarini davolash bo’yicha Koreyada yetakchi klinika hisoblanadi.

Yonsei Prime Hospital Yonsei Prime Hospital

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan