TTA “Darmon” jamoasi ijrosidagi “Nodirabegim” spektaklini tomosha qiling!

"Darmon" teatr studiyasi

“Talabalar teatr studiyasi – 2023” ko‘rik-tanlovi final bosqichida Toshkent tibbiyot akademiyasi “Darmon” jamoasi tomonidan Turob To‘laning asari asosida “Nodirabegim” spektakli sahnalashtirilgan edi. Unda bosh rolni ijro etgan Mohinur Quvvatova esa tanlovning “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan.

Mazkur spektaklda mashhur o‘zbek shoirasi va jamoat arbobi Nodirabegim hayotining ayrim lavhalari tasvirlangan.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan