Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan YUNESKO, Britaniya kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo keyingi oliy taʼlim markazi sifatida” xalqaro konferensiyasini boshladi.
Anjumanda ishtirok etayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.Shadmonov akademik mobillikning oliy ta’lim taraqqiyotida ijobiy va konstruktiv o’rni borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Globallashuv davrida oliy ta’lim tiziminining prinsipial yangicha yondashuvlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga oid mulohazalar atrofida fikr almashmoqdalar.
Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayitganligi borasida muzokaralar qizg‘in davom etmoqda.