Toshkent tibbiyot akademiyasi yil boshidan beri, sog’liqni saqlash, farmatsevtika, tibbiyotni raqamlashtirish, tibbiy ta’lim, ilm-fan va yuqori texnologiyalarni amaliyotga joriy etish kabi yo’nalishlarda ilg’or xorijiy davlatlarning universitetlari, yetakchi klinikalari bilan hamkorlik o’rnatib kelmoqda.
Navbatdagi, Toshkent tibbiyot akademiyasiga Xitoyning Xinjiang tibbiyot universitetining bir guruh vakillari tashrif buyurdi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash ko’zda tutildi.
Muloqotda: Ilk hamkorlikni talabalar va professor-o’qituvchilarini akademik mobillik doirasida avgust oyida Xinjiang universitetiga yuborish;
- O’quv va ilmiy faoliyatda hamkorlikni o’rnatish;
- Qo’shma ta’lim dasturini tashkil etish;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshida Xinjiang universitetining vakolatxonasini tashkil etish, jumladan, Xinjiang tibbiyot universiteti
da
esa Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasini
ochish rejalashtirildi.
Ushbu vakolatxona qoshida o’quv markaz, konferensiya va forumlar tashkil etish, Xitoy xalq tabobati usullaridan foydalangan holda davolash bo’yicha mahorat darslarini yo’lga qo’yish, shuningdek, turli xil grantlar uchun asosiy ko’prik vazifasini bajaradi.
Ma’lumot o’rnida, Xitoyning Xinjiang tibbiyot universitetida 23.000 dan ortiq talaba tahsil oladi.