Akademik mobillik almashinuv – Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalari (Janubiy Koreya)

Toshkent tibbiyot akademiyasining professori G.N.Sobirova bir guruh talabalar bilan «Daegu Haany University»ga (DH universitet) akademik mobillik almashinuv dasturida ishtiroki davom etmoqda.

DH universitetining professor-o’qituvchilari (Lee Hyujong, Chanik Park va boshqalar) Akademiya talabalariga Kosmetologiya va farmatsevtika sohasida yaratilgan turli o‘quv adabiyotlari va mahsulotlar namoyish etildi. Aromaterapiyadan foydalanish imkoniyatlari va turli yoshdagi odamlarda terini parvarishi ko’rsatildi. Qolaversa, qarishga qarshi kosmetikadan foydalanish nazariyasi va amaliy mashg‘ulotlar barcha talabalarda katta qiziqish o’yg’otdi. Akademiya talabalari nisbatlarga rioya qilgan holda va tanlagan xushbo’y hidni qo’shib, kremlarni o’zlari tayyorladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan