Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalari uchun Tinch okean sohilida – kemping (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreya

Toshkent tibbiyot akademiyasining professori G.N.Sobirova bir guruh talabalar bilan «Daegu Haany University»ga (DH universitet) akademik mobillik almashinuv dasturida ishtiroki davom etmoqda.

Yeongdeok provinsiyasi gubernatori Akademiya talabalariga Tinch okeani sohilida 2- lik kemping tashkil qildi.

1- kun mahalliy dengiz mahsulotlari bozori, memorial muzey bilan tanishish, qishloq baliqchilarining ko’rgazmasi bilan tanishishdan iborat. Viloyat rahbariyati bilan uchrashuv muhim voqea bo‘lib, unda barcha talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Rayimova Nafisa koreys tilida tashakkurnoma nutqini so‘zladi. Kechki an’anaviy koreys restoranida ovqatlanish bilan yakunlandi.

2- kuni bir guruh talabalar mahalliy sabzavot, yong‘oq va guruchdan an’anaviy koreys taomlarini tayyorlashda ishtirok etishdi. Qolgan vaqtda talabalar uchun turli o‘yinlar, qirg‘oq bo‘ylab sayrlar tashkil etildi.

Janubiy Koreya Janubiy Koreya

Janubiy Koreya Janubiy Koreya

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan