Hurmatli Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari!
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti (Moskva) ordinaturasiga qabul ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirining joriy yil 26-iyul kuni 179-sonli buyrug‘iga binoan 2023/2024-o‘quv yili N.I.Pirogov nomidagi Rossiya ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti ordinaturasining imtihonidan yuqori ball olib o‘qishga qabul qilinganlarning 35 nafari uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi fondi” hisobidan o‘qish to‘lov kontrakt summasi qoplanishi belgilangan.
Pirogov universiteti ordinaturasining imtihonida ishtirok etishga tavsiya olish uchun, joriy yilning 4-avgustida Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilariga dastlabki tanlov (suhbat) o‘tkaziladi (ZOOM platformasi orqali).
Dastlabki tanlov (suhbat)dan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar hujjatlarni topshirish, Pirogov universiteti veb-saytidagi Shaxsiy kabinet orqali 8-avgustga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Xorijiy pasport va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
- Oliy o‘quv muassasani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom, diplom ilovasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
- 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
- OIV, gepatit B va C tahlillari natijalari, flyuorografiya va ularning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari;
- Tartibning 46-bandida nazarda tutilgan ariza beruvchining individual yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa).
Qo‘shimcha savollar uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 889 81 01 – Qabul komissiyasi mas’ul xodimi Xurramov Abror.
Bakalavrga perevod bormi? 3-kursdan
Har yili rasmiy manbalarda qabul haqida e’lon bo’ladi, shunda qabul komissiyasiga murojaat etish kerak. https://admissions.tma.uz/