OʻQUV YILI YANGI OʻQUV BINOSI OCHILISHI BILAN BOSHLANDI

OʻQUV YILI YANGI OʻQUV BINOSI OCHILISHI BILAN BOSHLANDI

Toshkent tibbiyot akademiyasi yurtimizdagi oliy maʼlumotli yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan  tayanch tibbiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Bu yerda kadrlar salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash va oʻquv jarayonini samarali tashkil etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Buning amaliy ifodasi sifatida bugun akademiyaning yangi rekonstruksiya qilingan bosh oʻquv binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova, shuningdek, tibbiyot muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, bugun Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan barcha islohotlar negizida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishdek ezgu maqsad yotadi. Buni esa Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyati misolida ham koʻrish mumkin.

Ochilish marosimidan soʻng mehmonlar yangi binoning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

OʻQUV YILI YANGI OʻQUV BINOSI OCHILISHI BILAN BOSHLANDI OʻQUV YILI YANGI OʻQUV BINOSI OCHILISHI BILAN BOSHLANDI

Aytish lozimki, foydalanishga topshirilgan yangi binoda 8 ta kafedra, 10 ta boʻlim, maʼmuriyat hamda boshqa maishiy hududlar joylashgan boʻlib, 3000 nafar talaba tahsil oladi.

Inshootda 148 ta oʻquv auditoriyasi, 10 ta smart maʼruza zali, 60 nafar bolajonga moʻljallangan bogʻcha, 500 nafardan ortiq talabaning mustaqil tayyorgarligi uchun ijtimoiy zonalar hamda 520 oʻrinli ovqatlanish shoxobchasi mavjud.

Xususan, binoning birinchi qavatida Simulyatsion markaz va 3 ta elektron mikroskop laboratoriya tashkil etilgan. Yaponiyaning eng zamonaviy laborator uskunalari bilan jihozlangan simulyatsion markazda bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilari amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkoniga ega.

Mazkur boʻlim turli klinik vaziyatlarni taqlid qiluvchi mankenlar va simulyatorlar bilan jihozlangan boʻlib, shoshilinch tibbiy yordam, reanimatsion, jarrohlik, pediatriya, terapevtik mutaxassisliklar hamda anʼanaviy tibbiyot kabi 10 ta oʻquv auditoriyani oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, binoning ikkinchi qavatida Raqamli tibbiyot markazi joylashgan. Bu yerdagi Test markazida talabalar oʻrtasida imtihon sinovlarini oʻtkazish, mustaqil tayyorgarlik koʻrish uchun 24/7 tartibda ishlovchi 200 oʻrinli virtual kutubxona va kompyuter sinflari mavjud.

Telemeditsina yoki masofaviy tibbiyotga bagʻishlangan boʻlimda talabalarga distansion tibbiy xizmat tizimida ishlash, elektron poliklinika va statsionar boʻlimda esa elektron tizim orqali bemorni roʻyxatga olish, maslahat berish, kundalik xolidan xabar olish hamda elektron karta toʻldirish oʻrgatib boriladi.

Shuningdek, binoning yettinchi qavatida Biotibbiyot texnologiyalari markazi tashkil etilib, tibbiy genetika, hujayra texnologiyalari, immunologiya, elektron mikroskopiya, farmakotoksikologiya, ekologik laboratoriya va ilmiy maktablar mavjud.

Ushbu qavatda joylashgan Texnopark va 8-qavatdagi raqamlashtirilgan Axborot-resurs markazi ham talabalarning bilim olishi va oʻz ustida izlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

OʻQUV YILI YANGI OʻQUV BINOSI OCHILISHI BILAN BOSHLANDI OʻQUV YILI YANGI OʻQUV BINOSI OCHILISHI BILAN BOSHLANDI

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan