Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.
Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
Endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.
Quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:
- magistraturaga kirganlar;
- super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
- “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
- “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.
Assalomu aleykum pediyatiretya yunalishi tolov kantrakti qancha hozr javobizni kutaman oldindan raxmat
Bu yo’nalish ham 9129930 so’m stpiendiasiz
Ассаламу алейкум бошка Миллат фукароларга контракт нархи неч пул ?