Prezident farmoni: Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyati yanada takomillashtiriladi

Prezident farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Ushbu hujjat sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan:

  • boshqaruvni takomillashtirish;
  • sohani rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini belgilash;
  • tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga doir maqsad va vazifalarni o‘zi ichiga olgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan