Toshkent tibbiyot akademiyasida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida mashhur rassomning ko‘rgazmasi tashkil etildi Toshkent tibbiyot akademiyasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar, talabalarni nostandart fikrlash, kreativlikka chorlaydigan, ularga estetik did beradigan, yaxshilik va ezgulikka ragʻbatlantiradigan ijod mahsullari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda rassomlar qalamiga mansub 20 ta rang tasvir asarlari namoyish qilindi. Kechagina ochilgan Toshkent tibbiyot akademiyasining Bosh o‘quv binosida tashkil etilgan ko‘rgazmaga AQSH Sog‘liqni saqlash tashkilotlari a’zolari tashrif buyurdi. Ularda ayniqsa Kuy, Tumaris, Xumson manzaralari, Ona siymosi asarlari juda katta qiziqish uyg‘otdi. Ijodiy asarlarda xalqimiz hayoti va urf-odatlari, tabiat manzaralari, ona siymosi portretlari, tarixiy binolar manzaralari, shuningdek buyuk siymolar aks ettirishga harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan. Noan’anaviy janrda ijod qilgan rassomlar asarlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki rassomlar yorqin ranglar orqali hayotdagi turli holatlarni aks ettirganki, natijada noyob san’at asari vujudga kelgan. Shu singari ko‘rgazmalar akademiyaning 9 ta nalabalar turar joylarida hamda fakultetlar o‘quv binolari foyelarida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Akademiyada bu kabi ko‘rgazmalarning tashkil etilishi talabalarda go‘zallikni his qilish, estetik ongini rivojlantirishda xizmat qiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi Toshkent tibbiyot akademiyasida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan