Kafedralarga tashrif

Kafedralarga tashrif

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani Salomova F.I. va dekan muovini G.F.Sherkuzievalar kommunal va mehnat gigienasi kafedrasiga tashrif buyurishdi Kafedrasi mudiri professor G.T.Iskandarova  kafedraning yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, bugungi kundagi yutuq va muammolari haqida  gapirdi.

Guguruxlarga kirib talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklandi, yaratilgan imkoniyatlar bilan  tanishtirildi. Talabalar davomati o‘rganildi va TTA ichki qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek kafedraning o‘quv jarayoniga taalluqli hujjatlari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishdi. Har  bir xodim Ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, chop etish, ilmiy ishlarni jadallashtirish, dars jarayonlarini sifatli tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Kafedralarga tashrif Kafedralarga tashrif

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan