Hamkorlik ufqi kengaymoqda

Vebster universiteti delegatsiyasi

Yaqinda AQSHning Vebster universiteti delegatsiyasi a’zolari Syu MakFarlan, Jill Stuls, Marti Stid, Morgan Grotevil Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘ldi.

Akademiyaning o‘quv ishlari prorektori Sh.Boymurodov, xalqaro bo‘lim boshlig‘i M.Ja’farov, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i B.Nurmatov, hamshiralik fakulteti dekani S.Aliyev, biotexnologiya markazi ilmiy xodimi A.Abdullayev va boshqalar xorijlik delegatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Ushbu uchrashuvdan maqsad hamshiralik qo‘shma dasturini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qilish bo‘lib, mehmonlar Toshkent tibbiyot akademiyasidagi sharoit bilan yaqindan tanishdi.

Vebster universiteti delegatsiyasi Vebster universiteti delegatsiyasi  Vebster universiteti delegatsiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan