Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani Salomova F.I. va dekan muovini N.I.Yusupovlar patologik anatomiya kafedrasiga tashrif buyurishdi.
Kafedraа mudiri professor Tursunov X.Z. kafedraning yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati haqida gapirdi. Guguruxlarga kirib talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklandi, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Talabalar davomati o‘rganildi va TTA ichki qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek kafedraning o‘quv jarayoniga taalluqli hujjatlari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishdi. Har bir xodim dars jarayonlarini sifatli tashkil etish, ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, chop etish, ilmiy ishlarni jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi.