TEXNIKUM BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

e'lon

Hurmatli Suhbat jarayonlarida o‘tish ballini to‘plagan va talabalikka tavsiya etilgan

TEXNIKUM BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

Toshkent tibbiyot akademiyasiga 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlab,  2023-yilning 11-20 avgust kunlarida o‘tkazilgan Suhbat natijalariga ko‘ra tavsiya etilgan texnikum bitiruvchilarini      28-sentabr kuni soat 9:00ga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va texnikumni bitirganligi to‘g‘risidagi diplomi bilan kelishlarini so‘raymiz.

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, TTA, 10-o‘quv binosi (sobiq Olmazor tibbiyot kolleji binosi)

Eslatma! Texnikum bitiruvchilari tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlangan holatda ular talabalikdan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun, Qabul komissiyasi mas’ul xodimi Tashmetova Gulfura Shairovnaga quyidagi telefon raqamga murojaat qilish mumkin +998977844447.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan