Toshkent tibbiyot akademiyasida «BESH TASHABBUS OLIMPIADASI» fakultetlararo sport o’yinlariga start berildi. 

Hurmatli sportsevar va sportga ishtiyoqi baland talabalar diqqatiga!!!

Bugungi kunda mamlakatimizni barcha oliy oʻquv yurtlarida Besh muhim tashabbus olimpiadasiga tayyorgarlik va sport oʻyinlarini tashkil etish ishlari boshlangan.

Mana shunday muhim bir sport musobaqalarini oʻtkazishga Toshkent tibbiyot akademiyasida ham START berilgan.
Besh muhim tashabbus olimpiadasiga tayyorgarlik ishlarini namunali va a’lo daraja tayyorgarlik ishlarini olib borildi, jamoalar oʻrtasida sportning mini futbol, stol tennisi, stritbol, voleybol va estafeta yugurish turlari kabi oʻyinlarini tashkil etish uchun jamoalar Shifokorlar sport majmuasida jam boʻlishdi.

Bugungi Besh muhim tashabbus olimpiadasiga shaxsan akademiyamizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Turdiqul Akramovich Bobomuratov boshchiligidagi barcha rahbar va mutasaddi xodimlar shay holatda ish boshladi.

Biz barcha talaba yoshlarni ushbu Sport lohiyamizga qoʻshilib birgalikda akademiyamiz sha’nini himoya qilish, sportda ham akademiya yoshlari ilg’or ekanligini isbotlaymiz.

Hamma tashkilotchilarga va sportchi yoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan