Besh tashabbus olimpiadasi futbol bo’yicha yarim final natijalari bilan tanishing

13.10.2023 y.

Besh Tashabbus olimpiadasi futbol musobaqasini navbatdagi yarim final bosqichida Davolash-1 fakultetining «The best» va  F.M.TB.BTM va OMH fakultetining «Menejerlar» jamoalari yashil maydonda to’p surdilar.

O’yinda 10-raqamli himoyachi Rustamov Azamat 2 ta to’pni, 17-raqamli himoyachi Allanazarov Ozodbek 1 ta to’pni va 7-raqamda Baratov Laziz 1 ta to‘pni  raqib darvoza to’riga joyladi. Shuningdek o‘yinda 5-raqamli o‘yinchi Suyunboyev Diyor , 14-raqamda Nishonov Akmaljon, ham jonbozlik ko‘rsatib jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shishdilar. Alohida ta’kidlash joizki 6-raqamli darvozabon Abdullayev Abdulaziz garchi 1 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada «Menejerlar» jamoasi darvozasini munosib himoya qildi.

Hisob:
«Мenejerlar» 4:1 «The best»

Navbatdagi o‘yin Final!!!
Menejerlar jamoasiga qarshi yana bir Davolash-1 fakultetining kuchli «Lochin» jamoasi. O‘yin shiddatli va murosasiz o‘tishi kutilmoqda. Barchangizni final bosqichiga taklif qilib qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan