BERNICA ISTANBUL STUDY TOUR

2023-yil 6-10-noyabr kunklari Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari Erasmus+ BERNICA loyihasi bo‘yicha Turkiyaning Istanbul shahriga Nutrisiologiya va dietologiya bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish mashg‘ulotlari uchun xizmat safariga uchib ketdilar. O‘quv mashg‘ulotlari noyabr oyining 6-sanasidan boshlanib 10-sanasigacha davom etdi. Bunda loyiha asoschisi, grant sohibi Qirg‘iziston Respublikasi Xalqaro tibbiyot maktabi professor o‘qituvchisi Kenesh Oskanbayevich Jusupov ham ishtirok etdi. O‘quv mahg‘ulotlarida bundan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston. Tojikiston respublikalarining 2 tadan tibbiyot oliygohlari vakillari, Turkiyaning Medipol Universiteti Nutrisiologiya va dietologiya kafedrasi, Dietologiya va Nutritsiologiya instituti va FH JOANNEUM universiteti professori, Avstriya sport nutritsiologiya jamiyatining prezidenti Dr. Manuela Konrad ham ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotlarda prof. Gulgun Ersoy, Indrani Kalkan, Abdulbari Bener, Fatmanur O‘zyurek Arpa, Gokhan Baysoy, Mehmet Kochaklar nutrisiologiya va dietologiya sohasi bo‘yicha qilingan ilmiy ishlar bilan tanishtirdilar.

Avstriya sport nutritsiologiya jamiyatining prezidenti Dr. Manuela Konrad guruhdagi vaziyatlar bilan tanishtirdi. Loyiha davomida 3 ta asosiy modul yaratilgan bo‘lib, ularga A, B, C deyilib, A modulda kasalliklarda nutrisiologiya va dietologiya, B modulda nutrisiologiya kelajak istiqbollari, C modulda esa nutrisiologiya spetsifik guruhlarda kabi belgilanib taqsimlangan. O‘z navbatida har bir modul kichik guruhchalarga bo‘lingan holda o‘quv mashg‘ulotlari, silabus, ma’ruzalar yaratish belgilangan. Dr. Manuela Konrad har bir guruhdagi ishlarni e’tirof etib, yutuq va kamchiliklarini aytib o‘tdi. Kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari o‘rgatildi, uni rivojlantirish dastur va rejalari, maqsadlari tuzildi.

ERASMUS+ BERNICA loyihasi xalqaro grant bo‘lib, bunda O‘rta Osiyo mamlakatlarida nutrisiologiya va dietologiyani rivojlnatirishni o‘z oldiga maqsad qilingan. Mana shunday keng ko‘lamli loyihalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ham ishtirok etishi, nafaqat oliygoh nufuzini oshiradi, balki nutrisiologiya va dietologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan