Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasida 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “jamoat salomatligini muhofaza qilishda OIV-infektsiyasi profilaktik tadbirlarining o‘rni” haftaligi boshlandi. Bugun, kafedra xodimlari Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro fondi bilan hamkorlikda talabalar uchun “O‘zingni tekshir, o‘z maqomingni bilib ol” shiori ostida aktsiya tashkil qildilar. Talabalar mobil laboratoriyada o‘z ixtiyori bilan OIV-infektsiyasi, Virusli gepatit S va zahmga bepul, anonim tarzda tezkor tekshiruvdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirda menejment, stomatologiya, 2-davolash va xorijiy fakultetlarning 57 nafar talabasiga 3 infektsiyaning tezkor tahlili o‘tkazildi.