1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni

Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasida 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “jamoat salomatligini muhofaza qilishda OIV-infektsiyasi profilaktik tadbirlarining oʼrni” haftaligi doirasida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda talabalar uchun “OIV-infektsiyasining dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Talabalar OIV-infektsiyasining yuqish yoʼllari, tekshiruv va diagnostika usullari hamda oldini olish masalalari haqida atroflicha maʼlumotga ega boʼlib, oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbirda menejment, stomatologiya va 2-davolash fakulьtetlarning 35 nafar talabasi faol ishtirok etdi.

1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan