2023-yil 6-7-dekabr kunilari Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tadigan talabalar o‘rtasida Respublika fan olimpiadasida ishtirok etish uchun taklif etamiz!

8-dekabr

2023 yil 6-7-dekabr kunilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish” Respublika fan olimpiadasida ishtirok etish uchun taklif etamiz! Olimpiada ikki bosqichdan iborat: 1-bosqich – 6-dekabr 2023-yil – Google test tizimida testlarni yechish 2-bosqich – 7-dekabr 2023-yil – Vaziyatli masalani yechish Olimpiada o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2023 yil 5-dekabr soat 22:00 gacha.

Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

https://forms.gle/EcAfPdsACN1nDavi8

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan