Toshkent tibbiyot akademiyasida amaliyotchi yuristlar talabalar bilan uchrashdi

Toshkent tibbiyot akademiyasida amaliyotchi yuristlar talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusida yoshlarni konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi birinchi prorektori T.A.Bobomurotov, TTA bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari hamda «VERUM LAW FIRM» advokatlik firmasi advokatlari ishtirokida Akademiyasi talabalari uchun huquqiy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh qomusimiz-Konstitutsiyamiz yurtimiz ravnaqi, inson huquq va erkinliklarini hamda jamiyat va davlat qadriyatlari ustunligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egaligi e’tirof etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda insonlarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlari hamda jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, shu jumladan, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirilishi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanganligiga e’tibor qaratildi

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan jinoyatlar, internet tarmoqlarida yolg‘on yoki taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni tarqatganlik uchun javobgarlik kabi mavzularda ham tushuncha olishdi.

Huquqshunoslar talabalarga oilaviy, shuningdek xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik turlari haqida tushuntirish berishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida amaliyotchi yuristlar talabalar bilan uchrashdi Toshkent tibbiyot akademiyasida amaliyotchi yuristlar talabalar bilan uchrashdi

Toshkent tibbiyot akademiyasida amaliyotchi yuristlar talabalar bilan uchrashdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan