8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi terma jamoasi o‘z uyida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasini qabul qildi. O‘yin shiddatli va murosasiz kechdi. O‘yinning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va jamolar tanafusga 1:1 hisobida yo‘l olishdi. Jamoamiz ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Jamoamiz a‘zolari yana 5 bor raqib darvozasi tomon yo‘l topa olishdi va shu jumladan raqib jamoa ham bizning darvozaga 2 bor to‘p kiritishdi. Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan o‘yinda jamoamizning qo‘li baland keldi.
Yakuniy hisob 6:3 terma jamaomiz foydasiga.
O‘yinda jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muhlislarga minnatdorchilik bildiramiz.