TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TALABALARI DIQQATIGA!

Vatanparvarlik oyligi

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida 8 ta yo‘nalishdagi onlayn tanlovlarni e’lon qiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida qishki ta’til davrida 2023-yil 15-dekabrdan 2024-yil 15-yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik” shiori ostida quyidagi tanlovlarni e’lon qilinadi:

-“Vatanga sadoqat” mavzusida videoroliklar tanlovi;

– “Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik”;

-“Milliy hunarmandchilik”;

– “Oilam – mening hayotim”;

– “Ustozim – hayotim chirog‘i”;

– “Tibbiyotning barhayot siymolari”;

– “Mahallam – mening faxrim”;

– “O‘zbekistonda yashashim bilan g‘ururlanaman, Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishim bilan faxrlanaman” mavzularida an’anaviy onlayn ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi.

1-o‘rin g‘oliblarini 1 000 000 so‘m,

2-o‘rin g‘oliblarini 750 000 so‘m,

3-o‘rin g‘oliblarini 500 000 so‘m miqdorida Akademiyaning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan pul mukofotlari va diplomlar bilan rag‘batlantirilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan