Erishayotgan yutuqlarim zamirida davlatimiz rahbarining ilm-fanga qaratayotgan cheksiz e’tibori va biz yoshlarga katta ishonchi mujassam.

 

Azizbek Valijonov Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-bosqich talabasi.

O‘tib borayotgan 2023 yil Azizbek hayotida unutilmas voqealarga boy bo‘ldi.

Hali yosh bo‘lishiga qaramay mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga doir muhim loyihalarni kuzatuvchisigina emas, bevosita ishtirokchisi sifatida o‘z iqtidorini namoyon etib kelmoqda.

Ayni kunda  Azizbek Oliy majlis qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar qanoti» faoli va a’zosi. Yaqinda Uning ustozi Xakimov Murod Shavkatovich rahbarligida bajargan ilmiy ishlanmalari xalqaro olimlar tomonidan etirof etildi.

Oshqozon osti bezi kasalliklari borasidagi ilmiy ish Germaniyaning

Berlin jurnalida chop etildi. Quvonarli tomoni Azizbek Valijonov MDH miqyosida tashkil etilgan xalqaro yosh olimlar ilmiy anjumanida «Eng yosh ilmiy izlanuvchi» nominatsiyasi g’olibi deb e’lon qilindi.

Shuningdek, U Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan «Akademik V.V. Vohidov» nomli stipendiyasi sohibi hamdir.

«-erishayotgan yutuqlarim zamirida davlatimiz rahbarining ilm-fanga qaratayotgan cheksiz e’tibori va biz yoshlarga katta ishonchi mujassam. Mening yagona maqsadim hamisha bildirilayotgan ishonchga munosib bo‘lish. Shifokorlik qasamyodim va vijdon amriga sadoqat bilan egallayotgan ilmimni xalqimiz salomatligini saqlash yo‘lida sarflash».

Azizbek yaqinda bo‘lib o‘tgan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» dagi ochiq muloqotlarda faol ishtirok etdi. Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Azimjonovich hamda Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Shodiyevich bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda yosh olimlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar ko‘plab yoshlar qatori Azizbekni ham yangi istiqbolli rejalarga undadi.

Azizbek o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sirdaryo viloyatida ilm-fanni, tibbiyotni rivojlantirish maqsadida viloyat hokimligi, yoshlar ishlari agentligi hamda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Sirdaryolik bo’lajak shifokorlarni rag’batlantirishni tashkillashtirish taklifini ilgari surdi.

«-Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarimiz ko’p biroq, ming afsuski viloyatimizda yosh shifokor kadirlar yetishmaydi. Biz yosh shifokorlarni, yosh olimlarni va yosh mutaxassislarni o’zimizni viloyatimizga jalb qilishimiz zarur.»

Azizbekning dadillik bilan aytgan taklifi viloyat hokimligining aniq manzilli dasturiga kiritildi hamda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda ushbu loyihani amalga oshirishga topshiriqlar berildi.

Gulchehra Mirzayeva.

Tta matbuot kotibi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan