«Techno Ways» texnologik rivojlanish marafoni doirasidagi «Mening Start Up loyiham» tanlovi

Techno Ways texnologik rivojlanish marafoni doirasidagi Mening Start Up loyiham tanlovi

Yoshlar akademiyasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh binosida 19 – yanvar kuni haftaning muhim yangiligi bo‘lmish  «Techno Ways» texnologik rivojlanish marafoni doirasidagi «Mening Start Up loyiham» tanlovi tashkil etildi.

TTA Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tanlovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o’tgan 18 ta loyiha o‘z mualliflari tomonidan taqdimot ko‘rinishida namoyish etildi. Ishtirokchilar chiqishlari qizg’in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ahamiyatlisi shundaki, aynan tibbiyot sohasidagi innovatsion g‘oyalarning mazkur tanlov orqali yuzaga chiqishi talabalar uchun chin ma‘noda keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Alohida ta’kidlash o‘rinliki, tanlov nafaqat ishtirokchilarni balki tomoshabinlarni ham o‘z g‘oyalarini kelgusida shu kabi tanlovlarda ishtirok etishlari uchun ulkan motivatsiya bo‘ldi

Taqdim etilgan loyihalar yaqin kunlarda tanlovning maxsus hay‘at komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, munosib deb topilgan loyihalar tanlov nizomida keltirilgan pul mukofotlar va esdalik sovg’alar bilan tantanali ravishda taqdirlanishi reja qilingan.

Tanlov qay su‘ratlarda o‘tkazilganligini ushbu qisqa videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.

«Yoshlar akademiyasi – ilm-fan rivojiga o’z hissangni qo’sh»

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan