Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan III bosqichli “Talabalar ligasi” musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi 1-tur o‘yinlari doirasida futzal sport turi bo’yicha musobaqalar davom etmoqda

Talabalar ligasi doirasida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilayotgan sportning futzal turi bo’yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining terma jamoasi 1-turda Turin Politexnika universiteti terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazishdi. Shiddatli va gollarga boy kechgan uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasining terma jamoamasining 8:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Jamoamiz navbatdagi turda Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkizishadi. O‘yin 24-fevral kuni Turin Politexnika universitetining Polito sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Mas’ul shaxs: Z.B.Fayziyev.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan