Talaba-qizlar tomonidan ZAKOVAT «Ayollar ligasi» davom ettirish taklifi berildi

Talaba-qizlar tomonidan ZAKOVAT "Ayollar ligasi" davom ettirish taklifi berildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar kengashi tomonidan Talaba-qizlar o’rtasida o’tkazilgan yangi musobaqa «AYOLAR LIGASI»  intellektual o’yini jarayoni juda qizg’in, baxs va munozaralarga boy tarzda o’tkazildi. Talaba-qizlar tomonidan ZAKOVAT «Ayollar ligasi» davom ettirish taklifi berildi. Marhamat qadrli Akademiyaning dono ayol – qizlari!

Endi «Ayollar ligasi» 7 ta turli bo’lib, har 2 haftada 1 marotaba chorshanba kuni soat 16:00 da o’tkaziladi.

Zakovat o’yinida ishtirok etish jamoaviy shaklda, talaba-qizlar soni eng kamida 4 ta ko’pi bilan 6 ta bo’lishi kerak

Zakovat o’yinida TTA ayol xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin.

O’yin 28-fevral kuni soat 16:00 da 2-o’quv bino 4-etaj Zakovat xonasida bo’lib o’tadi. (Qoidalarga qo’shimchalar kiritilishi va o’zgartirishlar bo’lishi mumkin.)

Ro’yxatdan o’tish 25-fevral soat 15:00 ga qadar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan