E’lon!

e'lon

Hurmatli hamkasblar!

Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi Sizlarni “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga  bag‘ishlangan  off/online Xalqaro yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.

Konferensiya seksiyalari:

1. Jarrohlikning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;

2. Terapiyaning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;

3. Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;

4. Reabilitatsiya, sport tibbiyoti va an’anaviy tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;

Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada ishtirok etish uchun

Google forma to‘ldirishingiz  orqali 2024-yil 1-aprelgacha amalga oshiriladi.

Konferensiya o’tkazilish joyi: Toshkent sh., Farobiy, 2-ko‘chasi, TTA akademik litsey zali.

AXBOROT XATI.docx

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan